tg-me.com/javokhir_toshpulatov/582
Last Update:
Yoqtirilmaslik
6 yoshimgacha eng yomon ko’rgan odamim qo’shnimiz hamshira xotin bo’lgan. U kishining “aybi” kasal bo’lganimda kelib ukol qilganlari.
Bu mening 6 yoshgacha bo’lgan fikrlashim. Bir insonga zarar va foyda nima ekanligini tushunmasdan qo’ygan bahoyim.
Kasallarni og’riqsiz davolash imkonsiz. Biologik og’riqlarni tuzatish uchun jismlar og’tirilsa, ruhiy, aqliy va irodagagi kasalliklarni tuzatish uchun esa nafs og’ritiladi.
Tarbiya va ilm berishda ham huddi shunday og’riqlar berishga to’g’ri keladi(Gap jismoniy og’riq haqida emas).
Og’riq ko’rgan nafs egalari bunga sabab bo’layotgan insonlarni ba’zida yomon ko’rishadi. Bu norma. Kasallikning asosiy belgilari ham ayni shu.
Bunda ikkita yo’l qoladi.
1. Yomon ko’rayotgan “kasallar”ni o’z holiga tashlab ularga bugun yaxshi ko’rinish.
2. Bugun yomon ko’rilsada oxirigacha sabr qilib, o’zgargan aqilli insonning ko’p yillab xotirasida qolish.
Tarixda qolgan ijobiy o’zgarishlar ham ko’p yillab qilingan sabr natijasi bo’lgan. Payg’ambarlar tutgan yo’l bunga misol.
@javokhir_toshpulatov
BY Javokhir Toshpulatov | Blog
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/javokhir_toshpulatov/582